“Arqadag‘” o‘q otish mahoratini namoyish etdi (video)

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘qotar quroldan o‘q otish bo‘yicha mahoratini namoyish etdi. Bu haqda Turkmaniston davlat televideniyesiga tayanib xabar berilgan.

Turkmaniston rahbari Ashxobod yaqinidagi tumanlardan biriga harbiy va huquq-tartibot idoralarining xo‘jalik bo‘limini tashkil etish bo‘yicha ishlarni tekshirish uchun safari chog‘ida o‘zining to‘pponcha otish mahoratini ko‘rsatgan.

Turkmaniston Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘q otish poligoniga tashrif buyurgan.

“O‘q otish poligonida davlat rahbari nishonga bir necha marta o‘q uzgani va barcha o‘qlarning nishon markaziga tegishi millat yetakchisining yuksak mahoratidan dalolatdir”, deyilgan xabarda.

Davlat rahbari sportning harbiy-amaliy turlari bilan shug‘ullanish barcha shaxsiy tarkib uchun zaruriy talab ekani va  jangovar topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishga xizmat qilishini ta’kidlagan. 

An’anaga ko‘ra, Berdimuhamedov nishonga dastxat qoldirgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Turkmaniston Prezidenti huquq-tartibot idoralari rahbarlariga turli qurollardan o‘q otish mahoratini muntazam namoyish etib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing