“Arqadag‘” Turkmanistonda alabay it sharafiga yangi bayram ta’sis etdi

Olam

image

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov alabay iti sharafiga mamlakatda yangi bayram kunini joriy etish haqida qaror qabul qildi.

Turkman alabay bayrami aprel oyining har so‘nggi yakshanbasida Milliy axaltekin oti kuni bilan birga nishonlanadi. Bu haqda Turkmaniston televideniyesi xabar berdi.

O‘tgan yili noyabr oyida Berdimuhamedov Ashxabodda alabayning oltin haykalini tantanali ravishda ochib bergandi. Haykal ekranli postamentga o‘rnatilgan. Ochilish marosimida ushbu zotli itlar ishtirokida videoroliklar ekranda namoyish etilgan.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov alabay itlar ishqibozi. Mamlakatga tashrif buyurgan ko‘plab nufuzli mehmonlarga sovg‘a sifatida alabay zotli itlar tortiq etishi an’ana tusiga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

474

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing