Arizonada Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan erkak hibsga olindi

Olam

image

Arizona politsiyasi kecha, 22 avgust kuni AQSHning sobiq rahbari, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan shaxsni hibsga oldi. Bu haqda mahalliy sherif idorasi xabar berdi.

“Jismoniy shaxs Kochis okrugida hech qanday hodisasiz hibsga olindi”, deyiladi xabarda.

66 yoshli Ronald Li Sivrud payshanba kuni mahalliy vaqt bilan 14:30 da qo‘lga olindi. Unga hozircha hech qanday jinoyat aybi qo‘yilmagan.

CNN mahalliy politsiya vakiliga tayangan holda xabar berishicha, so‘nggi bir necha hafta ichida Sivrud ijtimoiy tarmoqlarda Trampni o‘ldirish bilan tahdid qilgan bir necha xabarlarni chop etgan. Biroq nashr gap qaysi ijtimoiy tarmoq haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. 

Tramp kecha, 22 avgust kuni Kochisga keldi va u yerdagi tarafdorlari oldida migratsiya inqirozi haqida nutq so‘zladi.

Ma’lumot uchun,  AQSHning sobiq prezidenti joriy yilning 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi tashviqoti mitingida yaralandi. Trampga qarata 20 yoshli yigitning o‘q uzgani aytildi. O‘q Trampning qulog‘ining tepasiga tekkan. Otishma oqibatida 50 yoshli miting ishtirokchisi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Hujumchi xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan. Ko‘plab dunyo yetakchilari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev suiqasdni qoralab, hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp Shimoliy Karolina shtatining Asheboro shahrida suiqasddan keyin birinchi ochiq saylovoldi mitingini o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Arizona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made