Aripov Mishustinni Bosh vazirlikka tasdiqlangani bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Kecha, 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati portalida xabar berildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston Bosh vaziri Mixail Mishustinni Rossiya hukumati raisi etib qayta tasdiqlangani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

“Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan hukumatlarimiz oldiga O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qo‘yilgan muhim vazifalarni yaqin hamkorlikda amalga oshirishga umid bildirildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh vaziri rossiyalik mavqedoshiga Rossiya hukumati raisi lavozimiga qayta tasdiqlangani munosabati bilan tabrik maktubi ham yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hukumati 7 may kuni mamlakat Prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasidan so‘ng darhol iste’foga chiqqandi. Vladimir Putin Davlat Dumasiga Mixail Mishustinning mamlakat Bosh vaziri lavozimiga nomzodini taqdim etdi. Davlat Dumasi ham uning nomzodini ma’qulladi. Mishustinning tayinlanishini "Yagona Rossiya", "Yangi odamlar" va Liberal-demokratik partiya to‘liq qo‘llab-quvvatladi, Kommunistik partiya fraksiyasi ovoz berishda betaraf qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Abdulla Aripov Mixail Mishustin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing