Argentinaning Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Argentina bosh murabbiyi Lionel Skaloni 2022 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Paragvay, Urugvay va Peru terma jamoasiga qarshi o‘yinlar uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Darvozabonlar: Emiliano Martines (“Aston Villa”), Franko Armani (“River Pleyt”), Xuan Musso (“Atalanta”), Esteban Andrada (“Monterrey”).
 
Himoyachilar: Gonsalo Montel (“Sevilya”), Nikolas Otamendi (“Benfika”), Xerman Petsselya (“Betis”), Nikolas Talyafiko (“Ayaks”), Lukas Martines (“Fiorentina”), Markos Akunya (“Sevilya”), Lisandro Martines (“Ayaks”), Kristian Romero (“Tottenxem”), Nauel Molina (“Udineze”), Xuan Foyt (“Vilyarreal”);

Yarim himoyachilar: Leandro Paredes (PSJ), Gido Rodriges (“Betis”), Djovani Lo Chelso (“Tottenxem”), Essekiel Palasios (“Bayer”), Anxel Di Mariya (PSJ), Rodrigo De Paul (“Atletiko”), Papu Gomes (“Sevilya”), Nikolas Gonsales (“Fiorentina”), Emiliano Buendia (“Aston Villa”),

Hujumchilar: Lionel Messi (PSJ), Lautaro Martines (“Inter”), Paulo Dibala (“Yuventus”), Anxel Korrea (“Atletiko”), Xoakin Korrea (Latsio), Xulian Alvares (“River Pleyt”), Lukas Alario (Bayer).

Ma’lumot uchun, Argentina joriy yilning 8 oktyabr kuni  Paragvay, 11 oktyabr kuni Urugvay va 15 oktyabrda Peruga qarshi bahs olib boradi. Skaloni shogirdlari 8 uchrashuvdan so‘ng, 18 ochko jamg‘argan holda, 2-pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Messi JCh 2022 Argentina Di Mariya Lionel' Skaloni

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing