Argentinalik teleboshlovchi Messining otasi vafot etganini aytdi

Sport

image

Argentinalik aktrisa va teleboshlovchi Florensiya Penya Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messining otasi Xorxe Messining vafoti etganini aytdi. Bu haqda u jonli efir paytida ma’lum qildi.

Biroq oradan ko‘p o‘tmay, bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Shundan so‘ng, teleboshlovchi Messining oilasidan uzr so‘rab, xatosi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

“Messi oilasi boshidan kechirayotgan og‘ir vaziyat uchun uzr so‘rayman. Bu dardni yanada kuchaytirib yuborganimdan juda ham uyalaman. Tasdiqlangan deb taqdim etilgan bu yolg‘on ma’lumot menga jonli efir vaqtida dastur prodyuserlari tomonidan berilgan edi. Shunga qaramay, bu xato uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Men adashdim va chin dildan kechirim so‘rayman”, deb yozdi Penya.

Shuningdek, ayrim nashrlar Messining Jahon chempionatida Jazoirga qarshi uchrashuvdan keyin ko‘z yosh to‘kkanini otasining salomatligi bilan bog‘lagan.

Bundan avval, Messining oilasi ham rasmiy bayonot bilan chiqib, “ayrim shaxslar shaxsiy oilaviy masalalarga nisbatan yetarli darajada qat’iy hurmat va ehtiyotkorlik namoyon etmayotgani”dan xavotir bildirgan va jamoatchilikdan vaziyatni tushunishni so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Jahon chempionatida Jazoirga qarshi bahsda xet-trik qayd etib, Argentina terma jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shgan. Shuningdek, u Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze natijasiga tenglashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing