Argentinadagi o‘yinda futbolchini tutqanoq tutdi (video)
Sport
−
18 mart 2024 8841 1 daqiqa
Argentina chempionati doirasidagi “Estudiantes” – “Boka Xuniors” o‘yini futbolchining tutqanoq tutishi oqibatida to‘xtatildi. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Estudiantes” futbolchisi Xaver Altamiranoni 26-daqiqada tutqanoq tutgan. Futbolchi tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketilgan. Keyinroq klub futbolchining holati yaxshi ekanligini ma’lum qildi.
Altamirano raqib futbolchilari bilan to‘qnashuvsiz yoki boshqa ehtimoliy ta’sirlarsiz hushidan ketgan. O‘sha paytda yaqin atrofda bo‘lgan futbolchilar unga yordam ko‘rsatib, darhol tibbiyot xodimlarini chaqirgan.
“Estudiantes” - “Boka Xuniors” uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi, o‘yin sanasi keyinroq e’lon qilinadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr