Argentinada ko‘l binafsha rangga kirdi (video)

Olam

image

Argentinaning Chubut viloyatida joylashgan Korfo ko‘li binafsha rangga kirdi.  

Mahalliy aholi kuchli hid va hasharotlar to‘dasidan shikoyat qilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy baliq ovlash kompaniyalari ko‘lga tarkibida natriy sulfat bo‘lgan oqova suv tashlagan. Mazkur modda qisqichbaqalarni saqlash maqsadida ishlatiladi. 

Mahalliy hokimiyat idoralari suvni tashlab yuborish uchun rasmiy ravishda ruxsat berilganini, “binafsha suvlar”ning zarari yo‘qligini va bir necha kun ichida suvning rangi normal holatga kelishini ta’kidlagan. 

Ekologlar bunday oqova suv ko‘lga chiqarilishidan oldin ular qayta ishlanishi kerak edi, deb ta’kidlamoqda. 

Avvalroq, Rossiyaning Anapa sohillarida Qora dengiz suvining rangi o‘zgarib, yashil tusga kirgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Argentina ko'l

Baholaganlar

151

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing