Argentinada AESdagi yong‘in tufayli 20 mlnga yaqin odam elektrsiz qoldi
Olam
−
02 mart 2023
2371Argentinada yaylovdagi yong‘in Atucha I atom elektr stansiyasini ishdan chiqardi. Oqibatda 20 milliondan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi. Bu haqda “La Nacion” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 1 mart kuni issiq va quruq ob-havo sharoitida mamlakat shimoli-g‘arbidagi yaylovlarda yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida Atucha I AESining 3 ta yuqori voltli elektr liniyalari yonib ketgan. Shundan so‘ng, AES to‘xtatib qo‘yilgan. Poytaxt Buenos-Ayres va yana 11 ta provinsiya elektrsiz qolib ketgan.
Mamlakat Energetika vazirligiga ko‘ra, 6 millionga yaqin uy xo‘jaligi yoki 20 million kishi elektr tarmog‘idan uzilgan. Bu umumiy iste’molchilarning 40 foiziga yaqinini tashkil etadi.
2022 yil holatiga ko‘ra, Argentinada 46 million kishi yashaydi.
Atucha I atom elektr stansiyasi Buenos-Ayres shahridan 100 kilometr uzoqlikda, Lima shahridagi Parana-de-las-Palmas daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan. Uning qurilishi 1968 yil iyun oyida boshlangan. 1974 yil iyun oyida ob’ekt foydalanishga topshirilgan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar