Argentina va Braziliya yagona valyutaga o‘tadi
Olam
−
23 yanvar 2023
7474Argentina va Braziliya valyutalarini birlashtirish maqsadida muzokaralar olib bordi. Bu haqda rasmiy ma’lumotlarga tayangan holda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, har ikki davlat rasmiylari valyuta nomini Braziliya sur (janubiy) deb nomlashni taklif qilgan. Shuningdek, yangi valyuta mintaqadagi savdoni rag‘batlantirish va mahalliy iqtisodiyotning dollarga bog‘liqligini kamaytirishga yordam beradi.
“Yagona valyuta uchun zarur bo‘lgan parametrlarni o‘rganishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi”, deydi Argentina Iqtisodiyot vazirligi rahbari Serxio Massan.
Taxminlarga ko‘ra, keyinchalik Lotin Amerikasining boshqa mamlakatlari ham loyihaga qo‘shilish uchun taklif qilinadi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi