Argentina Ukrainaga harbiy yordam yubormaydi

Olam

image

Argentina Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi mojaroga aralashish va Ukraina armiyasiga harbiy yordam yuborish niyatida emas. Bu haqda mamlakat Prezidentining matbuot kotibi Manuel Adorni ma’lum qildi.

“Argentina Ukrainaga hech qanday harbiy yordam bermaydi. Biz gumanitar yordam, logistika va hududni minalardan tozalashda yordam beramiz. Ammo harbiy mojaroga hech qanday tarzda aralashmaymiz”, degan Manuel Adorni matbuot anjumanida.

U Argentina hukumatining gumanitar sohadagi harakatlarini Rossiyaga nisbatan dushmanlik sifatida baholab bo‘lmasligini ta’kidladi.

“Mening nazarimda, dushmanlik harakatlari qurol-yarog‘ yuborish, harbiy mojaroda ishtirok etishdan iboratdir”, deya tushuntirdi Adorni.

Avvalroq “Infobae” portali Argentina Tashqi ishlar vaziri Diana Mondino fransiyalik mavqedoshi Stefan Sejurne va AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan bilan Fransiyada ishlab chiqarilgan beshta “Super Etendart” hujumchi samolyotini Kiyevga o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilgani haqida xabar bergan edi. Rossiyaning Janubiy Amerikadagi elchisi Dmitriy Feoktistovning aytishicha, Argentina tomoni muzokaralar olib borishni inkor etmagan, biroq samolyotni Ukrainaga o‘tkazmaslikka va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Argentina harbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing