Argentina terma jamoasi Messiga ta’sirli murojaat yo‘lladi

Sport

image

Argentina terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa sardori Lionel Messiga bag‘ishlangan ta’sirli murojaatni e’lon qildi. 

Argentinaliklar finalda Ispaniyaga qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, 2022 yil Qatarda qo‘lga kiritilgan jahon chempionligi unvonini himoya qila olmadi.

“Sening ko‘z yoshlaring — bizning ham ko‘z yoshlarimiz, kapitan. Sen bizga hayotimizdagi eng baxtli onlarni taqdim etding. Fidoyiliging, sehring va so‘nggi soniyagacha kurashganing uchun rahmat. Biz seni abadiy sevamiz, Leo!”  deyiladi murojaatda.

39 yoshli Messi Jahon chempionatining kumush medalini qabul qilib olgach, tribunadagi argentinalik muxlislar oldiga bordi va hissiyotlarini yashira olmay, ko‘z yoshi to‘kdi.

Bu Messining faoliyatidagi oltinchi va ehtimol so‘nggi Jahon chempionati bo‘ldi. Navbatdagi mundial 2030 yilda o‘tkaziladi. O‘sha vaqtga kelib argentinalik yulduz 43 yoshga to‘ladi.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi Jahon chempionatidagi ilk o‘yinini 2006 yilda o‘tkazgan. Shu vaqtgacha u mundiallarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing