Argentina Prezidenti BMTni isloh qilish zarurligini aytdi
Olam
−
23 Sentabr 2020
3289Argentina Prezidenti Alberto Fernandes Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi videomurojaatida tashkilotni zamonaviy dunyoning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun isloh qilishga chaqirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish zarurati paydo bo‘lgan.
Argentina rahbari, shuningdek, "BMTning o‘zi tomonidan yaratilgan vakolatlarini bajarish qobiliyatini oshirish" zarurligini ta’kidladi.
"Hozir yuz berayotgan ulkan texnologik o‘zgarishlarni hisobga olib, ularni yanada insonparvar, demokratik va ijtimoiy jihatdan qamrab oladigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 4.0 versiyasiga muhtojmiz", deydi Argentina Prezidenti.
LiveBarchasi