Argentina muxlisi g‘alabani nishonlash vaqtida vafot etdi

Sport

image

Argentina milliy terma jamoasi muxlisi Franko Depaul 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 final bosqichida Misr ustidan qozonilgan g‘alabani nishonlash vaqtida boshiga tosh tegishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “La Nación” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 46 yoshli Depaul bilan bog‘liq fojia Buenos-Ayres viloyatining Kanyuelas shahrida Argentinaning Misr ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabasi nishonlanayotgan paytda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, tartibsizliklar vaqtida noma’lum shaxs tomonidan otilgan tosh uning boshiga tekkan. Marhumning yaqinlariga ko‘ra, Depaul ko‘chadagi shovqinni eshitgach, avtomobili yukxonasidan bir buyumini olish uchun chiqqan. Shu vaqtda tosh uning peshona qismiga tegib, u darhol hushidan ketgan.

Shundan so‘ng yaqinlari uni zudlik bilan mahalliy shifoxonaga olib borgan. Biroq shifokorlar Depaulning og‘ir bosh miya jarohati oqibatida vafot etganini ma’lum qilgan. Uni qariyb 50 daqiqa davomida jonlantirishga urinishlar samara bermagan.

Politsiya shahar kuzatuv kameralari orqali toshni otgan gumondor shaxsni aniqlagan. U avval o‘g‘irlik uchun sudlangan, hozirda esa qotillikda ayblanayotgan 20 yoshli Ivan Nauel Lebrero ismli shaxs ekani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, to‘qnashuvlar oqibatida uch nafar fuqaro va besh nafar politsiya xodimi ham turli darajada jarohat olgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing