Argentina Messining dubli evaziga g‘alaba qozondi

Sport

image

Bugun, 22 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “J” guruhidan o‘rin olgan Argentina va Avstriya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Uchrashuv Argentina terma jamoasining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

AQSHning Texas shtati, Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan bahsni misrlik hakam Amin Umar boshqarib bordi.

O‘yinning 9-daqiqasida Lionel Messi Lautaro Martinesga nisbatan ishlangan qoidabuzarlik uchun belgilangan penaltidan foydalana olmadi. Shunga qaramay, u 39-daqiqada hisobni ochdi. Qo‘shimcha vaqtning 90+5-daqiqasida esa Messi o‘zining ikkinchi golini kiritib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi — 2:0.

O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Shu tariqa , ikkinchi turdan so‘ng Argentina terma jamoasi 6 ochko bilan “J” guruhida yakka peshqadam aylandi. Avstriya hisobida esa 3 ochko mavjud bo‘lib, jamoa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Guruh bosqichining so‘nggi turida Argentina 28 iyun kuni Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi. Avstriya esa shu kuni Jazoir terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Ma’lumot uchun, Argentina musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Jamoa 2022 yilgi Jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etgan edi. O‘sha bahsning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 3:3 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida argentinaliklar 4:2 hisobida ustun kelishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Jahon chempionati Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing