Argentina ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga chiqdi

Sport

image

Bugun, 16 iyul kuni 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta finalga yo‘l oldi.

Hisobni 55-daqiqada Angliya hujumchisi Entoni Gordon ochdi. Argentina 85-daqiqada Enso Fernandesning goli evaziga muvozanatni tikladi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida esa Lautaro Martines hal qiluvchi golni kiritib, janubiy amerikaliklarga final yo‘llanmasini taqdim etdi. Shu tariqa argentinaliklar ketma ket ikkinchi o‘z tarixida esa 7-marta finalga chiqdi.

Endilikda joriy yilning 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan finalda Argentina yarim finalda Fransiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.

Bu Argentina terma jamoasining Jahon chempionatlari tarixidagi yettinchi finali bo‘ladi. Shu tariqa, janubiy amerikaliklar ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Italiyani ortda qoldirib, Braziliya bilan tenglashdi. Bu borada faqat Germaniya ko‘proq sakkiz marta mundial finalida ishtirok etgan.

Qayd etish joiz, Argentina o‘z tarixida Jahon chempionatlari yarim finalida hech qachon mag‘lub bo‘lmagan. Jamoa ishtirok etgan olti yarim finalning barchasida g‘alaba qozongan.

Angliya terma jamoasi esa o‘z tarixida to‘rtinchi marta Jahon chempionati yarim finaliga chiqdi. Angliyaliklar 1966 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan, 1990 va 2018 yilgi mundiallarda esa to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Qiziqarli jihati, Ispaniya va Argentina mos ravishda amaldagi Yevropa chempionati hamda Kopa Amerika g‘oliblari hisoblanadi. Jamoalar joriy yilning mart oyida Finalissima bahsida o‘zaro to‘qnash kelishi kerak edi. Biroq Yaqin Sharqdagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat sababli uchrashuv bekor qilingan. Bahs dastlab Qatarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing