Argentina “Copa Amerika-2019” uchun tarkibni e’lon qildi
Sport
−
23 may 2019
5425Xabaringiz bor, joriy yozda Braziliya yashil maydonlarida futbol bo‘yicha “Copa Amerika-2019” musobaqasi o‘tkaziladi.
Musobaqaning starti vaqti yaqinlasha boshlashi bilan terma jamoalar turnirda ishtirok etuvchi tarkiblarini e’lon qilishni boshlashdi. Musobaqaning asosiy favoritlaridan biri Argentina terma jamoasi g‘oliblik uchun jangovor tarkib bilan harakat qiladi.
Ammo, tarkibga Milanning “Inter” klubi asosiy hujumchisi Mauro Ikardi, "Chelsi"da ijarada to‘p surayotgan Gonaslo Iguain va MYU darvozaboni Serxio Romerolar kiritilmadi.
Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi-2019 uchun qaydnomasi quyidagicha:
Darvozabonlar: Augustin Marchesin (“Amerika”), Franko Armani (“River Pleyt”), Esteban Andrada (“Boka Xuniors”).
Himoyachilar: German Petssella (“Fiorentina”), Xuan Foyt (“Tottenxem”), Nikolas Otamendi (“Manchester Siti”), Nikolas Talyafiko (“Ayaks”), Markos Akuna (“Sporting”), Renso Saraviya (“Rasing”), Ramiro Funes Mori (“Vilyarreal”), Milton Kasko (“River Pleyt”).
Yarim himoyachilar: Leandro Paredes (PSJ), Anxel Di Mariya (PSJ), Jiovanni Lo Chelso (“Betis”), Roberto Pereyra (“Uotford”), Rodrigo De Paul (“Udineze”), Esekel Palasios (“River Pleyt”), Guido Rodriges (“Amerika”).
Hujumchilar: Lionel Messi (“Barselona”), Serxio Aguero (“Manchester Siti”), Paulo Dibala (“Yuventus”), Lautaro Martines (“Inter”), Matias Suares (“River Pleyt”).