Argentina bilan o‘yinda jag‘i singan saud futbolchisi Germaniyaga jo‘natildi

Sport

image
0:00
0:00
download

JCH-2022 guruh bosqichi ilk turi doirasida Argentina bilan o‘yindan so‘ng Saudiya Arabistoni terma jamoasi himoyachisi Yosir Al-Shahroniyning jag‘, yuz suyagi jiddiy shikastlangani va miyasi chayqalgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, futbolchining bir nechta tishlari singan. Saudiya OAVlarining xabar berishicha, Al-Shahroniy valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning iltimosiga binoan shoshilinch ravishda Germaniyaga jo‘natilgan.

Argentina – Saudiya Arabistoni bahsining qo‘shimcha daqiqalarida mag‘lubiyatdan qutulib qolish va Jahon chempionatining asosiy sensatsiyasining oldini olish uchun Argentina oxirgi soniyalargacha hujumga o‘tdi. 

Bahsdagi epizodlardan birida yuqoridan uzatilgan to‘pdan so‘ng darvozabon Muhammad Al-Ovays to‘pni jarima maydonchasi tashqarisiga chiqarib yuborishga shoshildi, chunki argentinalik Nauel Molina ham to‘pni egallab olishga urinayotgandi va aynan o‘sha vaziyatda Saudiya posboni jamoadoshi Al-Shahroniy bilan to‘qnashib ketdi.

Al-Ovays to‘pni uzoqlashtirgach, shu zahotiyoq jamoadoshi jiddiy jarohat olgani haqida hakam va shifokorlarga ishora berdi, ammo argentinaliklarning hujumi davom etdi. Faqatgina to‘p maydondan tashqariga chiqib ketganidan so‘ng hakam o‘yinni to‘xtatdi.

Shahroniy to‘qnashuvdan keyin 15 soniya davomida maydonda yotib qoldi. Hakam vaziyatni tushungach, shifokorlarning maydonga tushishiga ruxsat berdi. Shifokorlar dastlabki muolajalarni qilgach, himoyachi zambilda maydondan olib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina-Saudiya Arabistoni to‘qnashuvida sensatsion tarzda Osiyo qit’asi vakillari zafar quchdi.


Maqola muallifi

Teglar

Argentina Saudiya Argentina-Saudiya

Baholaganlar

824

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing