Argentina har qanday raqibga qarshi o‘ynashga tayyor – Lionel Messi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va Fransiyaning PSJ klubi futbolchisi Lionel Messi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati oldidan musobaqa haqida fikr bildirib, Argentinaning har qanday jamoaga qarshi o‘ynashga tayyor ekanligini aytdi. Bu haqda Messining so‘zlariga tayanib, “Sport” nashri xabar berdi. 

“Argentina har qanday raqibga qarshi o‘ynashga tayyor. Har bir uchrashuvda bizdan nima talab qilinishini aniq bilamiz. Shuningdek, murabbiylar shtabi ham o‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqda. G‘alabalardan so‘ng jamoa yaxshiroq o‘ynay boshlaydi va erkinroq harakat qiladi. Biz bir-birimizni yaxshiroq bilamiz, chunki uzoq vaqtdan beri birga o‘ynayapmiz.

Maqsadimiz xuddi shu yo‘nalishda harakat qilish va Jahon chempionatida qo‘limizdan kelganicha o‘yin ko‘rsatishdir. Bilamizki, Jahon chempionati qiyin musobaqa hisoblanadi. Eng mayda detallardagi xatolar sizni turnirdan chiqarib yuborishi mumkin. Ammo jamoamiz har qanday raqib bilan bellashishga va kurashishga tayyor”, degan PSJ futbolchisi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 35 yoshli futbolchi PSJ safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali argentinalik iqtidor egasini 50 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing