Arda Gyuler “Real”da bezorilik qurboni bo‘lmoqda – manba

Sport

image

Turkiya terma jamoasi va “Real Madrid” futbolchisi Arda Gyuler klubda bezorilikdan aziyat chekmoqda. Bu haqda futbolchining “Fenerbahche”dagi sobiq murabbiyi Serhat Pekmezchi “Marca” nashri bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Real Madrid mega-klub bo‘lishiga qaramay, Arda Gyuler bezorilikdan aziyat chekmoqda. U menga shikoyat qilmagan, lekin men shunga o‘xshash holat yuz berishi mumkinligini sezgandim. Men unga sabrli bo‘lishni maslahat berdim… Bezorilik boshqa o‘yinchilardan keladi. U yerda Arda bilan ishlashni qabul qila olmaydigan bir guruh bor. Afsuski, ular juda katta egoga ega. Arda esa juda sabrli va xotirjam, lekin u ham o‘zini tuta olmay boshladi”,  deydi Pekmezchi.

Ma’lumot uchun, Gyuler joriy mavsumda “Real Madrid” safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya “Real Madrid” Arda Gyuler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing