Harbiy bilim yurtiga o‘qishga kirish uchun zarur hujjatlar ma’lum qilindi
Jamiyat
−
06 mart 2019
6793O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni xohlagan nomzodlar tomonidan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga topshiriladigan hujjatlar nimalardan iborat ekanligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, talabgorlar quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
• ariza (bildirgi);
• pasport nusxasi;
• tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;
• chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;
• nomzod tomonidan qo‘lda yoki kompyuterda yozilgan tarjimai hol;
• anketa (to‘ldirilgan holatda);
• o‘qish, ish (xizmatni o‘tash) agar o‘qiyotgan yoki ishlayotgan (xizmatni o‘tayotgan) bo‘lsa o‘sha joydan ma’lumotnoma;
• ota-onasining ish joyidan ma’lumotnoma (agar ishlayotgan bo‘lsa);
• ota-onasidan farzandining oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishiga rozilik xati;
• ma’lumoti to‘g‘risidagi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar) hujjatlar (asli va nusxasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nusxasi;
• oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nusxasi);
• yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasining nusxasi;
• 3x4 sm o‘lchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5x6 sm o‘lchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);
• nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi va sudlanmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar mazkur ma’lumotnomani taqdim qilishi talab etilmaydi).
Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha ravishda zarur hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan so‘rab olinishi mumkin.
Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoxud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi shaxsan ko‘rsatiladi.
Oliy harbiy ta’lim muassasasining qabul komissiyasi nomzodlar belgilangan qoidalarga, harbiy va xizmat intizomiga rioya qilmagan taqdirda ularni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlashning istalgan bosqichida chetlatish huquqiga ega.
LiveBarchasi