Arauxo O‘zbekistonga qarshi o‘ynamaydi – OAV
Sport
−
04 Oktabr 3355 1 daqiqa
“Barselona” futbolchisi Ronald Arauxo Malayziyaga borishdan ozod qilindi. Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa uni Osiyoda Dominikan Respublikasi va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashish majburiyatidan ozod etdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
26 yoshli markaziy himoyachi Araujo xalqaro tanaffus arafasida uzoq safarga borishi kerak edi. Urugvay 10 oktyabr kuni Dominikan Respublikasi, 13 oktyabrda esa O‘zbekiston milliy terma bilan Malayziyada uchrashishi rejalashtirilgan. Kataloniya poytaxtidan Kuala-Lumpurgacha bo‘lgan masofa 10 567 kilometrni tashkil etadi va bu samolyotda taxminan 17 soatlik parvozni anglatadi. Shu bois Belsa Araujo kabi muhim futbolchini ortiqcha charchash va xavf-xatardan asrash maqsadida safardan chetda qoldirishni ma’qul ko‘rdi.
Bundan tashqari, Belsa Federiko Valverde (“Real Madrid”) va Darvin Nunes (“Al-Hilol”)ni ham chaqirmadi. Bu qaror “Barselona” bosh murabbiyi Xansi Flik uchun yengillik yaratadi, chunki u jamoasining eng ishonchli himoyachilaridan birini vaqtincha yo‘qotmaydi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Urugvay terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv joriy yilning 13 oktyabr kuni Malayziyada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi Quvayt va Urugvayga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomani e’lon qilgan edi.