Bu oxirgisi. Senatning 5 yillik faoliyatidan rozimisiz?

Jamiyat

image

Bugun, 14 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yildagi so‘nggi yalpi majlisi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Ushbu yalpi majlis nafaqat yilga, balki Parlamentning ham 5 yillik faoliyatiga yakun yasaydi. 

Ma’lumki, senatorlarning bu yil vakolat muddatlari nihoyasiga yetmoqda. 2020 yilda O‘zbekistonda yangi parlament tuziladi. 

Senat yalpi majlisini rais Tanzila Norboyeva o‘tgan yillarni tahlil etishdan boshladi. 

“Statistika bilan chegaralanmasdan, o‘zimizga – biz ma’qullagan qonunlar xalqimiz manfaatlariga xizmat qildimi, ular qog‘ozda qolib ketmadimi, bizni saylagan insonlar bizning faoliyatimizdan rozi bo‘ldimi degan savollarga vijdonan javob bersak, maqsadga muvofiq bo‘ladi”, deydi Norboyeva xonim.

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, 2014-2019 yillar davomida mamlakat hayotiga doir muhim masalalar yuzasidan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasining 7 qo‘shma majlisi, parlament palatalari Kengashlarining 77 ta qo‘shma majlisi o‘tkazilgan. 

5 yil davomida 225 ta qonun qabul qilingan, bor-yo‘g‘i 2 tasi rad etilgan. 2015 yilda 20 ta, 2016 yilda 19 ta qonun qabul qilingan bo‘lsa, 2017 yilda bu ko‘rsatkich 43 tani, 2018 yilda 58 tani va tugab borayotgan 2019 yilda 85 tani tashkil etdi. 

Xo‘sh, siz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 5 yillik faoliyatidan qoniqdingizmi? 


Maqola muallifi

Teglar

Senat 25-yalpi majlis

Baholaganlar

141

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing