Arab dengizida qaroqchilar hujumi kuchaymoqda

Olam

image

Dengiz qaroqchiligi hodisalari nafaqat Somali qirg‘oqlarida, balki Arab dengizida ham Yamandagi husiylar harakati va AQSH boshchiligidagi harbiy-dengiz kuchlari koalitsiyasi o‘rtasidagi mojaroning kuchayishi sababli ko‘paydi. Bu haqda Braziliya dengiz floti kontr-admirali Antonio Brash de Souzga tayanib,  “Folha de S.Paulo” gazetasi xabar berdi. 

Joriy yilning yanvar oyida Braziliya harbiy-dengiz kuchlari Somali qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz liniyalariga qaroqchilar hujumiga qarshi kurashish uchun yaratilgan xalqaro dengiz ishchi guruhiga qo‘mondonlikni o‘z zimmasiga oldi. Nashrning yozishicha, Braziliya uchinchi marta ishchi guruhga boshchilik qilmoqda, biroq 2021 va 2022 yillarda mintaqada vaziyat unchalik keskin va xavfli bo‘lmagan.

“Yaqin Sharqda mojaro avj olgandan beri nafaqat Somali qirg‘oqlarida, balki Arab dengizida ming kilometrdan ortiq masofada ham qaroqchilarning bir necha marta hujumi sodir bo‘ldi”, deydi kontr-admiral. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, husiylar va AQSH boshchiligidagi koalitsiya o‘rtasidagi ziddiyat kuchayganidan keyin mintaqaga jinoyatchilik qaytgan.

2022 yil avgust oyida Xalqaro dengiz palatasi va boshqa tegishli xalqaro tuzilmalar Somali qirg‘oqlari yaqinidagi qaroqchilar kemalar uchun xavf tug‘dirishni to‘xtatgani sababli Hind okeani uchun 2023 yil 1 yanvardan "yuqori xavfli hudud" maqomini bekor qilishga qaror qildi. 

Ma’lumot uchun, G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan so‘ng, husiylar Isroil hududiga hujumlar uyushtirishini va urush tugamagunga qadar ular bilan bog‘liq kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi suvlari orqali o‘tishiga ruxsat bermasliklarini aytdilar. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, husiylar 2023 yil noyabr oyi o‘rtalaridan beri Qizil dengiz va Adan ko‘rfazida 30 dan ortiq tinch aholi kemalariga hujum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar Arab dengizi qaroqchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing