Toshkentda “GAI”dan qochgan Lacetti haydovchisi 6 ta avtomobilga shikast yetkazdi
Jamiyat
−
01 Oktabr 2020
8619Bugun, 1 oktyabr kuni Toshkent shahrida YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Lacetti haydovchisi yo‘l-transport hodisasi sodir etdi va 6 ta avtomobilga shikast yetkazdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH soat 14:00 lardaMirzo Ulug‘bek tumanida yuz bergan. Mustaqillik shoh va Movarounnahr ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan YPX inspektorining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmagan Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi 30 yoshli T.A. yuqori tezoikda harakatlanishni davom ettirgan, Natijada Oqqo‘rg‘on-Mustaqillik shoh ko‘chalari kesishmasiga yetgan vaqtida o‘zidan oldinda bo‘lgan Matiz, Cobalt, Hyundai, Nexia, Spark, Damas rusumli transport vositalariga texnik shikast yetkazib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagini ajratib turuvchi qismida, tungi vaqtda yoritish uchun o‘rnatilgan simyog‘ochga urilib to‘xtagan.
Natijada, tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, haydovchining me’yoriy hujjatlari to‘liq bo‘lmaganligi sababli YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan, tezligini me’yoridan oshirib harakatlanganligi ma’lum bo‘ldi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr