O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi 3-6 dekabr kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida

Biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 5-6 dekabr kunlari 15-20 m/s tezlikka yetishi mumkin. 3 dekabr kuni kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 4-6 dekabr kechasi -5...0 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida

Havo o‘zgarib turadi, 3-5 dekabr kunlari yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, 6 dekabrda joylarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 dekabr kunlari 15-20 m/s tezlikka yetishi mumkin. Havo harorati kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 3-5 dekabr kunlari +10...+15 daraja, 6 dekabrda +5...+10 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 3-5 dekabr kunlari yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, 6 dekabrda joylarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 dekabr kunlari 15-20 m/s tezlikka yetishi mumkin. Havo harorati kechasi +2...+7 daraja, 3-5 dekabr kunlari +14...+19 daraja, 6 dekabr kuni +10...+15 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida

Havo o‘zgarib turadi, 3-5 dekabr kunlari yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, 6 dekabrda joylarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 dekabr kunlari 15-20 m/s tezlikka yetishi mumkin. Havo harorati kechasi +2...+7 daraja, kunduzi 3-5 dekabr kunlari +14...+19 daraja, 6 dekabrda +10...+15 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 dekabr kunlari 15-20 m/s tezlikka yetishi mumkin. Havo harorati kechasi -2...+3 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li rayonlarida

Havo o‘zgarib turadi, 3-5 dekabr kunlari yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, 6 dekabrda joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 dekabr kunlari 15-20 m/s tezlikka yetadi. Havo harorati kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing