Endi tibbiy niqob ishlab chiqarish uchun litsenziya shart emas
Jamiyat
−
21 mart 2020
6003O‘zbekistonda tibbiy niqoblarni ishlab chiqarish uchun litsenziya talab etilmaydi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining mazkur qoidani nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 20 martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mamlakatda 2019-nCoV koronavirusining yangi turi tarqalishini oldini olish, respublika hududida qulay sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash, aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va tibbiyot niqobi taqchilligini olidini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish, shuningdek tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab qilinishini inobatga olgan holda tibbiyot niqoblari Tibbiy buyumlar ro‘yxatidan chiqarildi.
Shuningdek, tibbiy niqob amaliyotda ko‘llash uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi.
LiveBarchasi