Aprelgacha Toshkentga 1000 ta yangi avtobus olib kelinadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 apreliga qadar poytaxt Toshkentga qo‘shimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 8 fevral kuni Sergeli tumani faollari bilan o‘tkazayotgan yig‘ilishida ma’lum qildi. 

“Biz poytaxt aholisining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bunday xayrli ishlarimizni jadal davom ettiramiz”, deydi Prezident 

Yig‘ilishda poytaxt jamoat transporti sohasida olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

“Mana, bugun yangi metro stansiyalarini borib ko‘rdik. Yangi liniyada jami 7 ta stansiyalar ishga tushganidan keyin, metroda kunlik yo‘lovchilar soni 1 millionga chiqadi”, deydi davlat rahbari.

Shaharda tirbandlikni qisqartirish, odamlarning uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan bu ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi. Jumladan:

•    1 aprelga qadar qo‘shimcha 1 mingta avtobus olib kelinadi;

•    25 ta ko‘chada avtobuslar uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi;

•    yil yakunigacha 233 ta chorrahadagi svetoforlarni yo‘lovchi oqimiga qarab boshqarish tizimi joriy qilinadi;

•    20 ta oqim yuqori ko‘chalarda xususiy sheriklik asosida jami 10 ming o‘rinli parkomatlar tashkil qilinadi;

•    Chilonzor, Yunusobod va Yashnobod tumanlaridagi shaharga olib kiruvchi 6 ta metro bekati atrofida avtoturargohlar tashkil qilinib, tayyor biznes sifatida auksionga chiqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Avtobus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing