Aprelda jang qiladigan Mirzamatov chempionlik kamariga yaqin turibdi
Sport
−
22 mart
4552Avvalroq, o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Shohasan Mirzamatov navbatdagi jangini 19 aprel kuni o‘tkazishi xabar qilingandi. O‘sha kuni 33 yoshli MMA ustasiga Octagon 57 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi. Unga ozarbayjonlik Emin Sharifov raqiblik qiladi.
Mazkur jangda g‘alaba qozonsa, Mirzamatov katta ehtimol bilan liga kamari uchun da’vogarga aylanadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Qayd etish joiz, Mirzamatov oxirgi jangini Octagon 51 turniri doirasida braziliyalik Nilson Gomesga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval zafar quchgandi. U Octagon 54 turniri doirasida qozog‘istonlik Georgiy Kichigin bilan kamar uchun jang qilishi kerak edi, biroq vazn qila olmagani sabab ushbu to‘qnashuv bekor qilingandi.
29 yoshli Sharifov shu vaqtga qadar MMA'da 6 ta jang o‘tkazib, 5 tasida g‘alaba qozongan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Mirzamatov esa 14 ta to‘qnashuvda qatnashib, 11 tasida raqiblaridan ustun kelgan, 3 ta bahsda esa mag‘lubiyatga uchragan.