Apple yana bir qimmat “zaryadnik” chiqardi

Texnologiya

image

Apple onlayn-do‘konida bir vaqtda ikkita qurilmani zaryadlash imkonini beruvchi yangi adapter paydo bo‘ldi. Bu haqda “Appleinsider” nashri xabar bermoqda.

Jurnalistlar joriy yilning 6 iyunida onlayn-do‘kon yangilanganidan so‘ng, yangi adapter paydo bo‘lganiga e’tibor qaratgan.

Qurilma elektr tarmog‘iga ulangan va ikkita USB ulagichiga ega. Uning narxi 59 dollar.

Nashr mualliflarining fikriga ko‘ra, ushbu aksessuar sayohat qilishda qulay bo‘ladi, chunki foydalanuvchi ular bilan 2 baravarga kamroq zaryadlovchi qurilmalarni olish imkonini beradi. 

“Bu nafaqat sayohat paytida, balki uyda yetarlicha rozetkaga ega bo‘lmaganlar uchun ham qulaydir”, deya ta’kidladi mutaxassislar.

Adapter 35 Vatt elektr o‘tkazish imkoniga ega. Qurilmani AQSH, Kanada, Xitoy, Yaponiya, Meksika, Filippin, Tayvan va Tailandda xarid qilish imkoniyati mavjud.

Joriy yilning 6 iyun kuni Apple iOS, iPADOS, watchOS va macOSning yangi versiyalarini e’lon qilgan WWDC taqdimotini o‘tkazdi.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing