Apple plagiatda ayblandi
Texnologiya
−
16 Sentabr 2021 13736 1 daqiqa
Apple yangi mahsulotlarining taqdimoti chog‘ida Apple Watch’ning to‘liq klaviaturasi haqida ma’lum qilgan. U o‘tgan oy App Store’dan o‘chirilgan FlickType ilovasining aniq nusxasi. Bu haqda FlickType dasturchisi Kosta Elefteriu ma’lum qildi.
“Endi biz hamma narsani tushunyapmiz, sudda ko‘rishguncha, Apple”, deb yozgan Elefteriu.
Elefteriu Apple’ning texnologiyani sotib olishga urinishlari haqida gapirgan. Ta’kidlanishicha, u bu taklifni rad etgan, shundan so‘ng dastur bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘la boshlagan.
Qayd etilishicha, Elefteriu Apple’ni nusxa ko‘chirish texnologiyasi va adolatsiz raqobat uchun sudga bermoqchi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Apple kompaniyasi o‘zining navbatdagi mahsulotlarini namoyish qilgandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr