APLning eng yaxshi futbolchisi unvoniga da’vogarlar nomi e’lon qilindi

Sport

image

Angliya Premer-ligasi 2020-2021 yilgi mavsumning “eng yaxshi futbolchisi” unvoniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qilindi.

Nomzodlar orasida: Londonning “Tottenxem” klubi hujumchisi Hari Keyn, “Manchester Siti” himoyachisi Ruben Diash, “Liverpul’” hujumchi Muhammad Saloh, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne, “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandesh, “Chelsi” yarim himoyachisi Meyson Maunt, “Aston Villa” yarim himoyachisi Jek Grealish va Londonning “Vest Xem” klubidan Tomas Sushek bor.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu mavsumda Hari Keyn Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylandi. Forvard 35 uchrashuvda qatnashgan va ularda 23 ta gol urgan. Ikkinchi o‘rinni 37 uchrashuvda 22 ta gol urgan Muhammad Saloh egallab turibdi. Uchinchi o‘rinni esa, portugaliyalik Bruno Fernandesh egalladi. Uning hisobida 37 o‘yinda 18 ta gol mavjud.

Mohinur Mamatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing