APLni yakunlash uchun to‘rtta variant. “Liverpul”ning chempioni bo‘lishi hozircha dargumon

Sport

image

Koronavirus pandemiyasi dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Ushbu virus sportga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi. Angliya premer-ligasi tur uchrashuvi joriy yilning 4 aprel kuniga qadar COVID-19 virusi sabab qoldirildi.

“APL raisi Greg klark mavsum davom etmaydi, deb o‘ylagandi. Ba’zi klublarning rahbarlari bu so‘zlarga ishonishgandi. Bu vaziyat bir necha oy davom etishi mumkin. Kelasi mavsumning boshlanishi so‘roq ostida qolmoqda”, deya xabar berdi Sky Sports. 

Reglamentda chempionat muddatidan oldin yakunlansa nima qilish kerakligi to‘g‘risida band yozilmagan. Shuning uchun APL va klublar improvizatsiya qilmoqchi bo‘lishdi. APL klubining yetakchi rahbarlaridan biri chempionatni yakunlash to‘g‘risida bir qator variantlar haqida gapirib berdi.

Birinchi variant

Ko‘pgina klublar mavsumni qisqartirishni ustuvor deb bilishdi, ammo buning uchun vaqt kam qolmoqda. Biroq, UEFA milliy ligalar bosimi ostida Yevropa chempionati musobaqasini bekor qilsa, u holda APL barcha 38ta tur uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Mavsumni iyun-iyul oyiga qadar cho‘zish kerak bo‘ladi. Quyida siz ikkida talqinni ko‘rishingiz mumkin.

1.  Dekabr oyida Yevro-2020 musobaqasini o‘tkazsa bo‘ladi (xuddi, 2022 yilgi Jahon chempionati qish faslida o‘tkazilishi rejalashtirilgani kabi).

2.  Keyingi mavsumni normal holatda o‘tkazish uchun Yevropa chempionatini 2021 yilning yoz oyiga ko‘chirish kerak. Lekin, bu variant FIFA va UEFA o‘rtasidagi janjalga sabab bo‘ladi. Chunki, klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 2021 yilning yoz oyiga rejalantirilgan.

Ikkinchi variant

Mavsumni aprel-may oyiga qadar yakunlash kerak. Joriy yilning 4 aprel kuni APL chempionatini to‘xtatish muddati yakunlanadi. APLning qolgan tur uchrashuvlarini muxlislarsiz yoki xavfsizlik choralariga qat’iy amal qilgan holda o‘tkazish kerak. Liga direktori Pol Molnar Angliya futbol assosiatsiyasi bilan hamkorlikda Angliya kubogi uchrashuvlarini o‘tkazish rejasi ustida ishlamoqda.

Uchinchi variant

"Liverpul" – chempion, hech qaysi jamoa quyi ligaga tushirib yuborilmaydi. Chempionshipda yetakchilik qilayotgan "Lids" va "Vest Bromvich" jamoalarini Premer-ligaga qo‘shmaslik noto‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun, muqobil taklif aytishdi. Kelasi mavsum uchun APL musobaqasida 22 ta jamoa ishtirok etishi kerak. Liga kubogini bekor qilish va kelgusi mavsum yakuniy natijalariga ko‘ra, turnir jadvalida so‘nggi uchta o‘rinni egallagan jamoaning o‘rniga beshta so‘nggi o‘rinni egallagan jamoa quyi ligaga tushirib yuborilishi kerak. “The Telegraph” xabariga ko‘ra, klublar ushbu taklifni eng to‘g‘ri qaror, deya fikr bildirishgan.

To‘rtinchi variant

Ushbu mavsumni kuz fasliga qadar yakunlab, kelasi 2 ta mavsumni yil taqvimiga moslab tuzib chiqish kerak. Xuddi shu usul bilan federatsiya ikkita muammoni hal qilish mumkinligini aytdi. Bu joriy yilgi mavsumni yakunlash va mavsum o‘rtalarida Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish. 

Ammo ikkita muammo bor: ayrim futbolchilarning klublar bilan tuzgan shartnomalari shu yilning 30 iyun kuni o‘z yakuniga yetadi. Ular kuzda o‘ynashmaydi. Bundan tashqari, agarda o‘yinlar kuzda yakunlansa, Angliyadan yevrokuboklarda kim ishtirok etishini qanday aniqlash mumkin?

Joriy mavsumni haqiqiy o‘tmaganini tan olish kerak. The Athletic xabariga ko‘ra, APLning ikki klubi 2019/20 yilgi mavsum natijalarini bekor qilish taklifini bildirgan. Joriy mavsum boshida APLda kim qanday ishtirok etgan bo‘lsa, kelasi mavsumni ham xuddi shu tarzda qaytadan boshlashi aytilgan. Irlandiyalik jurnalist Yuen Makkenna ushbu ikki jamoa "Tottenxem" va "Vest Xem" ekanligini o‘zining Twitter'dagi rasmiy sahifasiga yozgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach, ushbu postni o‘chirib tashlagan.

Barchasi mantiqiy ko‘rinmoqda. "Tottenxem" mavsumni ayanchi tarzda o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, londonliklar yevrokubok musobaqasi yo‘llanmasidan quruq qolishi mumkin. "Vest Xem" jamoasida esa vaziyat og‘ir. "Vest Xem"ning chempionshipga tushib ketish koeffitsiyenti yuqori. Bilvosita, bu ma’lumotni "Vest Xem" jamoasi vitse-prezidenti “The Sun” gazetasiga tasdiqladi. U "Liverpul" jamoasiga rahmi keldi, biroq mavsumni bekor qilish kerakligini aytdi. Ammo, “The Telegraph” xabariga ko‘ra, yig‘ilishda ishtirok etgan jamoalarning birortasi ham mavsumni butunlay bekor qilish tarafdori emas.

“Sky Sports” xabariga ko‘ra, ertaga, 17 mart kuni UEFA yig‘ilishida yevrokubok, Yevro-2020 va barcha xalqaro musobaqalarni o‘tkazish muhokama qilinadi. Oradan ikki kun o‘tib, 19 mart kuni APL klublari rahbarlari mavsumni yakunlash borasida yig‘ilish o‘tkazadi.

 


Maqola muallifi

Teglar

APL Liverpul' Koronavirus

Baholaganlar

85

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing