APLda kim g‘olib bo‘ladi?

Sport

image

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 28-tur natijalariga ko‘ra, jamoalarning 2023/2024 yilgi mavsumda chempion bo‘lish uchun yangilangan imkoniyatlari e’lon qilindi. Bu haqda “Opta Sports” Telegram sahifasi xabar berdi.

Statistik platforma “Manchester Siti”ni asosiy favorit deb hisoblab, “shaharliklar”ning g‘alaba qozonish ehtimolini 46 foizga baholagan. “Liverpul”ning chempionligi 35 foizga teng. Ayni paytda turnir jadvalida 1-o‘rinda borayotgan Londonning “Arsenal” jamoasining chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli esa 19 foizni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Angliya chempionatining 28-turidan so‘ng turnir jadvalida 64 ochko to‘plagan “Arsenal” karvonboshilik qilmoqda. “Liverpul” ham 64 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni band etgan. “Manchester Siti” 63 ochko to‘plab, kuchli uchlikni yakunlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Manchester Siti Liverpul' Angliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing