APEX INSURANCE majburiy avtosug‘urtani bepul evakuator xizmati bilan kengaytirmoqda

Biznes

image

Yurtimiz yetakchi sug‘urta kompaniyalaridan biri hisoblanadigan APEX INSURANCE transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (TVEFJMSQ) doirasida yangi xizmatni taqdim etmoqda. Endi majburiy avtosug‘urtani rasmiylashtirgan mijozlar LiTRO yo‘lda yordam xizmatidan bepul evakuator xizmatiga obuna bo‘ladi. Ushbu xizmat YTH joyidan avtomobilni qo‘shimcha xarajatlarsiz tezkor evakuatsiya qilish imkonini berib, yo‘lda ishonch va qulaylikni ta’minlaydi.

Avtomobillar soni va yo‘l harakati jadalligi ortayotgan sharoitda ishonchli qo‘llab-quvvatlov muhim ahamiyatga ega. LiTRO xizmatiga bepul obuna majburiy avtosug‘urtani onlayn rasmiylashtirganda avtomatik faollashadi va haydovchilarning ehtiyojlariga mos ravishda sug‘urtaning foydaliligini oshiradi.

"Biz haydovchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, majburiy avtosug‘urta doirasidagi qulay xizmatlarni ko‘paytirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. LiTRO bilan hamkorligimiz bazaviy polisni YTHdan so‘ng avtomobilni bepul evakuatsiya qilish xizmati bilan kengaytiradi. Bu bir martalik marketing aksiyasi emas, balki mijozlarimizga murakkab vaziyatda ko‘rsatiladigan amaliy yordamdir", dedi APEX INSURANCE Boshqaruv Raisi Jahongir Yunusov.

“Majburiy avtosug‘urta transport vosita egalarining kutilmalarini hisobga olishi lozim”, deb qo‘shimcha qildi u. 

"YTH joyidan avtomobilni evakuatsiya qilish, avtomobil buzilib qolganda texnik maslahat berish, huquqiy yordam, shuningdek, butun oila uchun tibbiy va sayyohlik ko‘magi kabi qo‘shimcha Opsiyalar — bularning barchasi sug‘urtaning amaliy foydaliligini oshirishga xizmat qiladi”.

APEX INSURANCE xizmatlarining sifatini uning natijalari namoyon etmoqda: hozirda kompaniya 650 mingdan ortiq avtomobillarni sug‘urta himoyasi bilan ta’minlab, majburiy avtosug‘urta segmentini 13 foizini egallagan. 2025 yilning birinchi yarmida kompaniya tomonidan 1 346 ta sug‘urta da’volari ko‘rib chiqilib, ularning 95 foizi qanoatlantirilgan. APEX INSURANCE ketma-ket uch oy davomida AAA — eng yuqori daraja bilan sug‘urtalovchilar reytingida peshqadamlik qilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, polisning yangi opsiyalarini yanada qadrli bo‘lishiga, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 23 iyuldagi 458-sonli qaroriga muvofiq 2026 yil 1 yanvardan boshlab, majburiy avtosug‘urta bo‘yicha sug‘urta tovon puli 40 mln so‘mdan 80 mln so‘mgacha oshirilishi ham xizmat qiladi. Ushbu o‘zgarish, ayniqsa, jiddiy avariyalarda mol-mulk, hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararni to‘laqonli qoplash imkoniyatini yaratadi. Haydovchilar soni cheklangan yengil avtomobillar uchun polis narxi hududlarda 160 ming so‘mni, Toshkent shahrida esa 192 ming so‘mni tashkil etadi.
 
Bepul evakuator xizmati qo‘shilgan TVEFJMSQ polisini quyidagi raqamli platformalar orqali tez va qulay tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.

Haydovchilar soni cheklangan va cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan barcha turdagi polislarni rasmiylashtirish uchun:

Faqat haydovchilar soni cheklanmagan holda foydalanish sharti bilan polisni rasmiylashtirish uchun:

  • Click SuperApp mobil ilovasida (5% keshbek bilan);
  • ROAD 24 mobil ilovasida;
  • LiTRO mobil ilovasida.

 
Xulosa o‘rnida, APEX INSURANCE texnologik yechimlar va hamkorlar keng tarmog‘i orqali sug‘urta bozorida yangi standartlarni belgilamoqda. Intuitiv interfeysga ega platformalar va tezkor qo‘llab-quvvatlash xizmati sug‘urta jarayonini yanada soddalashtirib, har bir haydovchiga istalgan vaqtda ishonchli himoyaga ega bo‘lish imkonini beradi.

Telefon: 1188.
Manzil: Mirobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi, 77-uy.
 

Sayt | Facebook | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

APEX INSURANCE LiTRO TVEFJMSQ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing