AOKAning 38 yoshli xodimi vafot etdi
Jamiyat
−
16 iyul 2021
15388Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi. Bu haqda agentlik QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.
Javohir Qudratov 1983 yil 12 noyabrda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. U 2004 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2007 yilda esa O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Javohir Qudratov Toshkent xalqaro radiosi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, “Qashqadaryo” – “Novosti Kashkadari” gazetalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va yana boshqa tashkilotlarda ishlagan.
U 2019 yildan buyon AOKAning Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
LiveBarchasi