AOKA “UzAutoMotors” talabi bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor “UzAutoMotors” AJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasini ikki o‘rtada davom etayotgan sud ishi bo‘yicha OAVga bosim o‘tkazishda ayblagandi.

Shundan so‘ng, AOKA “UzAutoMotors”ning ayblovi bo‘yicha tekshiruv boshladi.

Bugun, 23 oktyabr kuni AOKA Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, agentlik “UzAuto Motors” AJning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan qator OAVga bosim o‘tkazilgani qayd etilgan rasmiy bayonotidagi vaziyatni o‘rganib chiqqan.

“Ushbu masalani o‘rganish natijasida “UzAuto Motors” AJ taqdim etgan ma’lumot o‘z tasdig‘ini topmadi. Agentlik tomonidan 15 ta yetakchi elektron ommaviy axborot vositalari rahbarlari o‘rtasida so‘rov o‘tkazilib, mazkur sud ishini yoritishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan hech qanday bosim o‘tkazilmagani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Masala yuzasidan AOKA tomonidan “UzAuto Motors” AJga asossiz ma’lumotni tarqatmaslik va bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishli ogohlantirish kiritilishi ma’lum qilingan.

“Agentlik yana bir bor asossiz, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlik borligini eslatib o‘tadi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda OAVga tarqatilayotan ma’lumotlarning asosliligini tekshirishni tavsiya qiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 oktyabr kuni, Toshkent shahar ma’muriy sudida “UzAutoMotors” AJning O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasining 21/31-sonli ishiga oid 2020 yil 19 avgustdagi qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlangan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors AOKA

Baholaganlar

897

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing