AOKA Bozorovning LGBT g‘oyalarini targ‘ib qilayotgani yuzasidan bayonot berdi
Jamiyat
−
31 mart 2021
13565O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda besoqolbozlik – LGBTga targ‘ib qilib chiqishlar qilinayotgani, bu illatga qarshi yoki uni yoqlab namoyishlar uyushtirish uchun bo‘layotgani chaqiriqlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
“O‘zbekistonda inson huquqlari, so‘z erkinligi, fikr yuritish va uni mustaqil ifodalash barqaror rivojlanib, jamiyatda kun sayin fikrlar, qarashlar xilma-xilligi o‘zgarib bormoqda.
Siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muhim yo‘nalishlardagi turli savollar, shu jumladan nozik masalalar ham jamiyat ishtirokida ochiq-oshkora muhokama qilinmoqda.
So‘nggi kunlarda internet tarmog‘idagi axborot maydonida aholisining qariyb 94 foizi musulmon bo‘lgan O‘zbekistonda LGBT g‘oyalarini targ‘ib qilayotgan Miraziz Bozorovning noqonuniy chaqiruvlari oqibatida jamoatchilik, xususan boshqa bloger va internet foydalanuvchilari tomonidan keskin e’tirozlar, tahdidlar yuzaga kelmoqda”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilishicha, AOKA mazkur holatlarni avvaldan tartibga solish maqsadida Facebook va Telegram axborot resurslarida 200 dan ziyod o‘ldirish, zo‘ravonlik ishlatish tahdidlari yozilgan postlar hamda izohlar mavjud bo‘lgan 54 ta veb-saytlar, veb-sahifalar ma’murlari, blogerlarga LGBT va boshqa shu kabi nomaqbul oqimlar faoliyatini bilib-bilmasdan targ‘ib qilish, noqonuniy ko‘cha yurishlariga chorlashni to‘xtatish bo‘yicha rasmiy xabarnomalar yuborgan.
Bundan tashqari, Miraziz Bozorovnning xatti-harakatlari yuzasidan huquqiy baho beruvchi Axborot va kommunikatsiyalar sohasidagi ekspert komissiyasining alohida xulosasi tayyorlandi.
“Jamiyat hamda internet faollari, ayrim bloger va jurnalistlarning holat yuzasidan o‘z pozitsiyalari bildirilgan xulosalari shakllantirilmoqda”, deya ta’kidlagan agentlik.
Mazkur xulosalar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilikka zid holatlarni bartaraf etish yuzasidan choralar qo‘llashda foydalanish uchun yuboriladi.
Agentlik barcha blogerlar va ijtimoiy tarmoqlar faollaridan jamiyat orasida adovat qo‘zg‘atuvchi, turli xil nopok g‘oyalarni ilgari suradigan material va postlarni tarqatishdan tiyilishni so‘ragan.
“Zero, internet tarmog‘idan foydalangan holda fuqarolar orasiga nizo solish, zo‘ravonlikka chaqirish, g‘azabga keltirish va tartibsizliklarni uyushtirish bilan shug‘ullanib, g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etganlar belgilangan tartibda jazoga tortiladi”, deya yakunlanadi AOKA bayonoti.
Avvalroq, Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti rasmiy Toshkentga mamlakat Jinoyat kodeksidan 120-modda – besoqolbozlikni chiqarib tashlash va jinoiy javobgarlikni bekor qilishni so‘rab murojaat bilan chiqqandi.
Shundan so‘ng, bu masala kun tartibiga chiqdi va ayni vaqtda keng jamoatchilik tomonidn qizg‘in muhokama qilinyapti. Besoqolbozlik bo‘yicha Human Rights Watch so‘roviga deputat Rasul Kusherboyev va Islom sivilizatsiyasi markazi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Abror Muxtor Aliy, taniqli olim Mubashshir Ahmad ham munosabat bildirdi. Ular besoqolbozlikka oid moddaning jinoyat kodeksidan chiqarib yuborilishi ham siyosiy, ham diniy yo‘qotishlarga sabab bo‘lishini urg‘ulagandi.
Joriy yilning 28 mart kuni Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida mamlakatda besoqolbozlikni qo‘llab-quvvatlayotgan shaxslar va ularning g‘oyalariga qarshi namoyish o‘tkazildi.
Keyinchalik Toshkent shahar IIBB “Skver”dagi namoyishda 12 kishi hibsga olingani haqida xabar berdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda LGBT huquqlarini himoya qilayotgan Miraziz Bozorov o‘lasi qilib do‘pposlandi.
Shundan so‘ng AQSH elchisi Bozorovning do‘pposlanishini surishtirishni so‘radi. Uning ortidan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tim Torlot Toshkentda besoqolbozlik – LGBT g‘oyalarini himoya qilib kelayotgan bloger Miraziz Bozorovning kaltaklanganiga munosabat bildirdi.
Xorijlik diplomatlarning munosabatidan keyin Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov xalqaro tashkilotlarga murojaat yo‘llab, har qanday davlatga biror talab qo‘yishdan oldin millatning mentaliteti, dini, madaniyati, urf-odatlarini inobatga olishi kerakligini ta’kidladi.
LiveBarchasi