“Anjanlilar keldi”. 200 dan ortiq muxlis Tehronga yo‘l oldi (video)
Sport
−
25 mart
9683Bugun, 25 mart kuni “Andijon” futbol jamoasi muxlislar klubi Eron-O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinni stadiondan turib qo‘llab-quvvatlash uchun Tehronga uchib ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Tehrondagi Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 nafar andijonlik muxlis yo‘l olgan.
Qayd etish joiz, bu Andijon xalqaro aeroporti ta’mirdan chiqqanidan so‘ng ilk xalqaro parvoz bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Eron-O‘zbekiston bahsi bugun, 25 mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zbekiston Eronga qarshi o‘yinda ko‘k libosda harakat qilishi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi