Anvar Klevleyev Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi bugungi kun hisobidan ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Navbatdagi oltin medalga kanoe slalomida eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Klevleyev mualliflik qildi.

Uning finalda qayd etgan 98.63 soniyali natijasini hech bir raqib yaxshilay olmadi va Klevleyev Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.

Ma’lumot uchun, kecha, 5 oktyabr – Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining 12-kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar mamlakat delegatsiyasi hisobiga 3 ta oltin va 3 bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari Anvar Klevleev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing