Antikorrupsiya agentligi direktoriga qaynotasi 1,5 mln dollarlik uy sovg‘a qildimi?
Jamiyat
−
06 iyul 2023
28485Ijtimoiy tarmoqlarda Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxonovga qaynotasi 1,5 mln AQSH dollarilik hovli sovg‘a qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur vaziyatga Burxonovning o‘zi oydinlik kiritdi.
Ushbu tarqalgan xabarlarga u o‘zining Twitter'dagi sahifasi orqali munosabat bildirib, ularni rad etgan.
“Bu yolg‘on xabar! Shunday bo‘lsada, qaynotamga yuborib qo‘ydim”, deya kinoya qilgan Burxonov.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgandi. Bu qarorga muvofiq agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga tenglashtirilgan.
Akmal Eshondedayevich Burxonov O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 iyuldagi farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori bilan tasdiqlangandi.
LiveBarchasi