Antarktidada qizil qor yog‘di (foto)
Olam
−
26 fevral 2020 18521 1 daqiqa
Antarktidadagi Ukrainaning “Akademik Vernadskiy” stansiyasida qizil qor yog‘di. Bu haqida Ukraina ta’lim va fan vazirligi Facebook’dagi o‘z sahifasida ma’lum qilgan.

“Bir haftadirki, stansiyada qizil qor yog‘moqda. Hamma yer shu rangga kirdi”, deyiladi xabarda.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, qorga bunday tusni uning tarkibida mavjud mikroskopik suv o‘tlari beradi. Olimlar buni “Chlamydomonas nivalis” (qor xamidomonadasi) deb atashgan.

Suv o‘tlarining bu turi past ob-havodan qo‘rqmaydi va kunlar isishi bilan o‘sishda davom etadi. Ayni damda Antarktidada yoz hukmronlik qilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday holatlar, Arktika va Alp tog‘larida ham uchraydi.

Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr