Antarktida “gulladi” (video)
Bu qiziq
−
21 may 2020
15481Global isish Antarktida qor qoplamida yashil suv o‘tlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu haqda “Science Daily” xabar bermoqda.
Kembrij universiteti va Britaniyaning Antarktika tadqiqotlari olimlari taxminan ikki kvadrat kilometr maydonda 1700 ga yaqin gullash manbasini aniqlashdi.
Suv o‘tlari pingvin va qushlarning yashash joylarida ko‘proq uchraydi, chunki ularning axlati o‘g‘it hisoblanadi.
Mutaxassislar haroratning uzoq vaqt oshishi bilan Antarktidaning bir qismi qor qatlamini yo‘qotishi mumkinligini va erituvchi suv va shilimshiqlik tufayli suv o‘tlari yo‘q bo‘lib ketishini istisno qilishmadi.
LiveBarchasi