Antaliyada 29 yil deganda qor yog‘di (fotoreportaj)

Olam

image

Turkiyaning janubidagi yirik turizm shahri Antaliyada so‘nggi 29 yil ichida birinchi marta qor yog‘di. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.  

Qayd etilishicha, shaharda qor yog‘ishi bugun, 25 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:00 da boshlangan.

Aytish joizki, oxirgi marta Antaliya markazida bunday kuchli qor 1993 yil 7 yanvarda qayd etilgan, o‘shanda qor qoplamining balandligi 5 santimetr edi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy haftada Turkiyaning bir qator shaharlarini qor qopladi. Kuchli qor yog‘ishi mamlakatning eng yirik shahri Istanbulda transport harakati, shuningdek aviaparvozlarni to‘xtatib qo‘ygan. Yo‘llarda esa katta tirbandliklar yuzaga kelgan, odamlar mashinalarini yo‘l chetiga qo‘yib, piyoda yurishga majbur bo‘lgan. Metroda piyodalar oqimi tufayli tiqilinch yuzaga kelgan. Ba’zi avtobus yo‘nalishlari ertalabgacha to‘xtab qolgan. Shuningdek, shaharda savdo markazlari va bir qancha korxonalar yopilgan. Istanbul aeroportida parvozlar kechiktirilgan. 

Bundan tashqari, Toshkent va Istanbul o‘rtasidagi aviaparvozlar kechiktirilgani haqida ham xabar bergan edik.












Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing