Anri Mbappe, Grizmann va Jiruni Olimpiadada qatnashishini xohlamoqda

Sport

image

Fransiya Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Terri Anri hujumchilar Kilian Mbappe, Antuan Grizmann va Olive Jiruni Parijda o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga chaqirmoqchi. Bu haqda “Le Parisien” xabar berdi.

Olimpiada doirasidagi erkaklar o‘rtasidagi futbol turnirida an’anaviy tarzda 23 yoshdan katta bo‘lmagan futbolchilar ishtirok etadi. Bundan tashqari, har bir jamoa yosh chegarasidan tashqari uch o‘yinchini kiritish huquqiga ega.

2024 yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlaridagi futbol musobaqalari 24 iyuldan 10 avgustgacha Parij va Fransiyaning boshqa olti shahrida bo‘lib o‘tadi. Mbappe, Grizmann va Jiru Germaniyada 14 iyundan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatida ham ishtirok etadi. Futbolchilarning klublari Yevropa chempionati yakunlangach, ularni Olimpiadaga qo‘yib yuborishi hozircha so‘roq ostida qolmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe Grizmann Anri Jiru

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing