“Anorbank” xodimi mijozning bank kartasidan pul o‘g‘irladi
3-sahifa
−
20 avgust 2022
19948“Anorbank” ishchisi mansabini suiiste’mol qilib, mijozning 10 mln so‘mga yaqin pulini talon-toroj qildi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 16 avgust kuni ichki ishlar organlariga 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro J.M. murojaat qilib, 15 avgust kuni noma’lum sabablarga ko‘ra, “Anorbank” AJ tijorat-raqamli banki tomonidan berilgan bank kartasidan 8 080 000 so‘m pullari yashirincha o‘g‘irlanganligini ma’lum qilgan.
Noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni “Anorbank” aloqa markazi operatori 2001 yilda tug‘ilgan K.D. sodir etgani aniqlanib, ushlangan.
Operator K.D. qo‘ng‘iroq qilgan mijozlarning murojaatini tahlil qilib borgani, so‘ngra Telegram messenjerida go‘yoki texnik yordam ko‘rsatuvchi shaxs sifatida profil ochib, bankda muammo kelib chiqqanligini vaj qilib, mijozning shaxsiga doir ma’lumotlaridan foydalanib, bank kartasi maxfiy kodini olib, mablag‘larni talon-toroj qilgani ma’lum bo‘lgan.
LiveBarchasi