Anomal issiq sababli poyezdlar tezligi cheklanadi
Jamiyat
−
27 iyun
5903O‘zbekistonda kuzatilayotgan issiq ob-havo sharoiti sababli poyezdlarning harakatlanish tezligi cheklanmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lum qildi.
“Respublika hududida keskin anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Harorat ko‘tarilishi natijasida yer usti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlarning harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Bunda poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda esa sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, kompaniya ob-havo sharoiti tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qachon anomal issiq bo‘lishi haqida prognozlar ochiqlangandi.
LiveBarchasi