Anomal issiq sabab poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonning cho‘l hududlarida poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Gidromeorologiya xizmati markazidan olingan xabarga ko‘ra, 2021 yil 28 iyundan boshlab O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keldi. Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 43° atrofida bo‘ladi.

“Albatta, bunday issiq havo paytida po‘lat izlardagi harorat yanada yuqori bo‘ladi. Shu bois, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida 2021 yil 7 iyul sanasiga qadar cho‘l hududlarida poyezdlar harakat jadvalida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin”, deya ta’kidlangan kompaniya xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'llari

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing