Anomal iliq keskin sovuq bilan almashadi – O‘zgidromet
Bu qiziq
−
04 fevral 2022
41717Bugun, 4 fevral kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutimoqda. Harorat foni ko‘p yillik qiymatlardan 5-7o ga yuqori bo‘ladi. Bugun kunduz kuni havo 12-14 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 16-18 daraja iliqqacha isiydi. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Ertaga iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi, kunduz kungi harorat 14-17 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 20-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi, kechasi biroz sovuq saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Mamlakat bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, harorat kunduz kuni 4-9 daraja iliqqacha, shimolda 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.
4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan :
• 4 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;
• 5-6 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida
• 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yakshanba kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilmoqda.