Anqarada kuchli bo‘ron masjid minorasini qulatdi (foto+video)

Olam

image

Kecha, 17 may kuni Turkiyaning Anqara shahrida tezligi soatiga 45 kilometrga yetadigan bo‘ron sodir bo‘ldi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kuchli yomg‘ir va bo‘ron oqibatida daraxtlar sinib tushgan, binolarning tashqi qoplamalari va ayvonda turgan buyumlar uchib ketgan. Chankaya tumanidagi markaziy masjidning minorasi ham vayron bo‘lgan. Minora qulab tushishi oqibatida bir kishi jarohatlangan. Ko‘plab avtomashinalarga shikast yetgan. Etimesgut tumanidagi savdo markazining tomi butunlay uchib ketgan. Kuchli shamoldan keyin shaharda yomg‘ir yog‘gan. Oqibatda ko‘chalarda suv ko‘lmaklari hosil bo‘ldi.

Umit tumanida tabiiy ofat jarayonida 35 qavatli uyning balkonidan uch kishilik o‘rindiqning uchib ketayotgani yo‘lovchi tomonidan videoga muhrlangan.

“Anqarada kuchli yomg‘ir boshlandi. Barcha tegishli guruhlarimiz hushyor holatda turibdi. 1221 ta mashina va 2565 nafar xodim bilan yomg‘irning salbiy oqibatlarini bartaraf eta olamiz”, deydi Anqara shahar hokimi Mansur Yavash.

Shuningdek, Anqara hokimligi yomg‘ir va shamol tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy ta’sirlardan ogohlantirgan. Bayonotda Nallihan, Beypazari, Gudul, Qiziljahamam, Chamlidere, Chubuk, Kalejik tumanlarida kuchli yomg‘ir, momaqaldiroq hamda to‘satdan suv toshqini bo‘lishi kutilayotgani aytilib, ulardan ehtiyot bo‘lish so‘ralgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Anqara kuchli bo'ron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing